Maktabimizda Ota onalar yig’ilishi bo’lib o’tdi

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2018 yil 6 yanvar kunidagi 1-sonli buyrug’i  “Ota-onalarga   ta’lim muassasalari  jamoasining 2018 yilga mo’ljallangan reja va ustuvor vazifalarining taqdimotini tashkil etish  to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 3 yanvarda Vazirlar Maxkamasi komplekslari faoliyatini taxlil qilish va yangi ustuvor vazifalarni belgilashga bag’ishlangan yig’ilishdagi umumiy o’rta ta’lim tizimini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, voyaga etmaganlar tarbiyasi va huquqbuzarliklarining oldini olish, o’quvchilar davomatini yaxshilashda ota-onalar va jamoat tashkilotlari xamkorligini kuchaytirish hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan isloxatlar va o’zgarishlarni joylarda ota-onalarning sezishi uchun quyi bo’g’indagi ishlar samaradorligini oshirish  barcha raxbar va mutasaddilar faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi zarurligi haqidagi berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash  maqsadi 20 yanvar kuni maktab-internatimizda ota-onalar yig’ilishi tashkil qilindi.

Maktab-internatimiz 1989 yil qurilib, 1990 yil ishga tushdi. 2007 yil kapital ta’mirlangan. Maktab-internatining quvvati 624 o’quvchi o’rniga mo’ljallangan bo’lib, bugungi kunda  214 nafar o’quvchilar ta’lim olib kelmoqda.   9  ta sinf  bo’lib barchasi  yuqori sinfdan iborat.

Maktab-internatida  25 nafar pedagog  xodimlar faoliyat yuritmoqda. Ulardan  3 nafari oliy toifali, 6 nafari 1-toifali , 7 nafari 2-toifali va  9 nafari mutaxasis o’qituvchilardan iborat. Ingliz tili fani o’qituvchilari Ismailova Mexribon  va Dosmetova Muqaddaslar 30%li ustamaga ega. O’qituvchilarimiz  dars yuklamasidan kelib chiqib, xaftasiga 2 martadan to’garaklar o’tib kelmoqdalar.Bundan tashqari sport to’garaklari ham faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Jumladan:  stol tennisidan BO’SM  murabbiyi  Sh.Xusayinov, voleyboldan   maktab- internatini  o’qituvchisi  Q.Karimovlar  o’tib kelmoqda.  To’garaklar  bepul tashkil etilgan. Siz ota-onalar bilan xamkorlikni yanada kuchaytirsak, farzandlarimizni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda ularning fanga yoki biror bir kasbga, xunarga bo’lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirishda hissa qo’shamiz. Shu o’rinda bir savol tug’iladi.  Kim farzandining oxirgi marta qachon va qanday badiy kitob o’qiganini biladi?.

Ma’lumki, badiiy adabiyot o’quvchining fikrlash doirasini, nutqini, dunyo qarashini hamda savodxonligini rivojlanishida muxim axamiyatga ega. Xozirgi kunda maktabimizda 800 ga  yaqin badiiy  kitoblar bor. Xurmatli ota-onalar   farzandlaringizga  oyda bitta badiiy  kitob olib bersangizda  shu kitobni o’zingiz xam mutolla qilib farzandingiz bilan   fikrlashib,  o’qigan asardan olgan tassuroti, asar qaxramonlari va undagi xolatlarga bo’lgan munosabatini eshitishga xarakat qilaylik.

          Kecha men yotoqxonada 15 nafar o’quvchilarlar kim qanday badiiy kitob mutolla qilgan deb savol berdim. Shu o’quvchilar ichidan 7 nafari  o’qigan  kitobni nomi, asar qaxramoni va qisqacha mazmunni  aytdilar. Ana shuning uchun farzandlarimizning bilim olishiga, o’quv qurolariga, kundalikiga,  uy vazifalarini bajarilishiga e’tibor qaratishimiz lozimligi to’g’risida gapirib  o’di.

Yig’ilish davomida   “Qora Alam bobo” masjidi noib imomi To’raev Maxmudjon  o’z ma’ruzasida   ota-onalar va farzand o’rtasidagi o’zaro uyg’un munosabatlarda ta’lim va tarbiya masalalariga mas’uliyatni xissini kuchaytirish, ota-onaning farzand oldidagi asosiy vazifalaridan birinchi farzandiga  yaxshi ism qo’yish, ikkinchisi  farzandiga ilm olishida bajarilishi lozim bo’lgan  shart-sharoitlarni yaratib berish, uchinchi farzandlarimiz voyaga etgandan keyin turmushga chiqarish lozim. Farzandlarimizni  ilm olishi  va ularni amalga oshirishda psixologik yondashishi, farzandlarimiz qiynalayotganini ko’rib muammoni chuqurlashtirmasdan yordam bera olishimiz,  bolani mustaqil qaror  qabul qilishga o’rgatish, bolaning xayotiga qiziqish bildiring, faqat baxolariga emas hamda bolani yomon o’qigani uchun jazolamasligimiz  kerak. Xushyor bo’lib bolani tinglash kerak va unga nima kerakligini tushuntirishga xarakat qilishimiz lozimligi to’g’risida gapirib o’tdi.

Yig’ilish   davomida  ota-onalardan  Matsapaev  Boltaboy,  Alimboev Jumaboylar  so’zga  chiqib,   farzandlarimizni uy vazifalarini bajarishini nazorat qilishimiz,    xar xaftada  kundaliklarini tekshirib turishimiz, farzandlarimizni sifatli  ta’lim olishida    amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlarni   amalga oshirishimiz  hamda farzandlarimizni sababsiz dars mashg’ulotlaridan olib qolmasligimiz kerakligi to’g’risida gapirib maktab direktori va maktab ma’muriyatiga o’z minnatdorchiligini bildirdilar.

Javob berish