Gurlan tumanidagi 43-sonli AFChO’ va ChTChO’IMI da O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining Qarorlarining bajarilishi:
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq xo`jaligida hisob-kitoblarni amalgam oshirishda korxona va tashkilotlar rahbarlarining javobgarligini oshirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 12.05.1995 yildagi 1154-sonli va 19.07.1999 yildagi 2340-sonli farmonlarining ijrosi bo`yicha maktabning to`lov muddati o`tgan debitorlik va kreditorlik qarzi mavjud emas.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-martdagi “ Ish haqi o`z vaqtida to`lanishiga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida’gi 88-sonli va 17.11.1999 yildagi “Ish haqining o`z vaqtida to`lanishi uchun vazirliklar, idoralar va xo`jalik yurituvchi sub`yektlar rahbarlarining javobgarligini oshirish yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 504-sonli qarorlari ijrosi bajarilishi bo`yicha muddati o`tgan qarzdorlik mavjud emas.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-noyabrdagi 56-sonli “ Elektr energiyasidan foydalanganlik ucun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish to`g`risida”gi qarori ijrosining bajarilishi yuzasidan muddati o`tgan kreditorlik qarzi mavjud emas.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-oktabrdagi “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasini boshqarishni yanada takomillashtirish to`g`risida”gi 490-sonli va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-dekabrdagi “ Fuqarolarning jamg`arib boriladigan pensiya ta`minoti to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunini amalgam oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 595-sonli qarorining ijrosi bo`yicha maktabda ishlovchi ishchi-xizmatchilarga xalq banki filialiga anketalar taqdim qilinib, shaxsiy hisob varaqlari ochilgan.
Maktabda darslar DTS talablari asosida o`tiladi.
O‘zR VM O‘zR Prezidentining 2005 yil 25 noyabrdagi PQ-227- sonli “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarorini bajarish yuzasidan o‘zining 2005 yil 21 dekabrdagi “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 275- sonli qarorini qabul qildi. Ushbu qaror ijrosi bo`yicha bir necha yillardan beri maktabning ilg`or, tashabbuskor, bilimli va tirishqoq o`qituvchilari rag`batlantirilib kelinmoqda.