Tashkilot raxbarining vazifalari

                                     Ixtisoslashtirilgan umumta’lim   muassasasi direktori :

  1. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim   muassasasi direktori o’quv tarbiya jarayoniga va Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining kundalik faoliyatiga bevosita raxbarlik qiladi, Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasida ta’lim berish (o’quv-tarbiya) ishini tashkillashtiradi, Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining ma’muriy xo’jalik (ishlab chiqarish) moliyaviy ishini ta’minlaydi, Ixtisoslashtirilgan umumta’lim   muassasasida xavfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilish tartibini yaratadi.
  2. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim   muassasasi direktori tuman XTMFMTTE bo’limi mudirining taqdimotiga tegishli xalq ta’limi boshqarmasi boshliғi tamonidan lavozimga tayinlanadi va bo’shatiladi. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi direktori ish faoliyatida bevosita tuman XTMFMTTE bo’limi mudiriga bo’ysunadi.
  3. Direktorga nisbatan quyidagi asosiy malaka talablari qo’yiladi:
  • ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablar uchun ta’lim soxasida kamida besh yil rahbarlik va 10 yil pedagogik ish staji mavjudligi oliy ma’lumotli o’qituvchi bo’lishi   lozim.
  • Davlat tilini bilishi;
  • Tashkilotchilik qobiliyati, ijodiy tafakkurga egalik, bolalar katta yoshdagilarning yosh va shaxsi bilan boғliq psixologiyasini bilish;
  • Kompyuter texnikasi va o’quv jarayonida axborot komunikastiya texnologiyalarini egallaganlik;
  • Umumta’lim dasturlari va o’quv qo’llanmalari yaratishda metodik ishlanmalar va tajriba mavjudligi;
    1. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim   muassasasi direktori mehnat ta’tilida   yoki vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz bo’lgan davrda uning vazifalari direktorning o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari zimmasiga yuklatilishi mumkin bu kabi hollarda vazifalarni ijro etish direktor buyruғi yoki ob’ektiv sabablarga ko’ra tegishli buyruq chiqarish uchun imkon bo’lmasa tumanXTMFMTTE bulimi mudirining buyruғiga asosan amalga oshiriladi.
    2. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim   muassasasi direktori Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi ichida yoki undan tashqarida o’rirndoshlik asosida boshqa rahbarlik lavozimlarida (ilmiy va ilmiy-uslubiy rahbarlikdan tashqari) ishlashga yo’l qo’yilmaydi.
    3. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim   muassasasi direktorining mansab vazifalari o’rindoshlik asosida ijro etilishi mumkin emas.
    4. Direktorlar:

-Ixtisoslashtirilgan umumta’lim   muassasasi vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha qarorlar qabul qiladi hamda unga yuklangan vazifalar va funkstiyalarning samarali bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

— o’z o’rinbosarlari vakolatlarini belgilaydi ular   o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning javobgarlik darajasini belgilaydi ;

— o’z vakolatlari doirasida Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining barcha xodimlari uchun majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi;

— Xalq ta’limi tegishli organlari ko’rib chiqishi uchun moddiy texnika bazani mustahkamlash, o’quv-tarbiya ishlarini takomillashtirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash va Ixtisoslashtirilgan umumta’lim   muassasasi faoliyatining boshqa masalalari bo’yicha takliflar kiritadi;

— pedagog xodimlar va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;

— qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni   amalga oshiradi.

  1. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim   muassasasi direktori attestastiyadan belgilangan tartibda o’tkaziladi.
  2. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim   muassasasi direktoriga uning o’rinbosarlari bevosita bo’ysunadi.

Ixtisoslashtirilgan umumta’lim   muassasasi direktori o’z vakolatlari   doirasida Ixtisoslashtirilgan umumta’lim   muassasasining har bir xodimi va o’quvchisiga ular uchun bajarilish majburiy bo’lgan ko’rsatmani berishga haqli. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi direktori Ixtisoslashtirilgan umumta’lim   muassasasidagi har qaysi boshqa xodim (uning o’rinbosari yoki boshqalar) ning farmoyishini bekor qilishga haqli.

  1. Direktor Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi nomidan ish ko’radi, uning manfaatlarini ifodalaydi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi mol-mulkini tasarruf   etadi va shartnomalar tuzadi.

                direktorning moliyaviy hamda moddiy masalalar bo’yicha vazifalari va majburiyatlari

  • yuridik shaxs maqomiga ega xalq ta’limi muassasasi, shu jumladan Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi direktori fondining byudjet mablaғlarining bosh boshqaruvchisi mazkur muassasa rahbari hisoblanadi.
  • Tegishli moliya tashkilotlarining xalq ta’limi muassasalarini moliyalash bo’limlari bilan birgalikda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
  • Pedagog xodimlar tarifikastiyasini hisobga olgan holda Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi shtat jadavali va xarajatlar smetasini tuzish va ularni moliya organlarida ro’yxatga olish.
  • Belgilangan tartibda ro’yxatga olingan xarajatlar smetasini , tavarlar va xizmatlar etkazib berish bo’yicha shartnomalarni faqat O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi ғaznachilikning hududiy organlari orqali tuzishni hisobga olgan xolda bajarish;
  • Belgilangan standartlarga muvofiq Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi buxgalterlik hisob-kitobi va hisobotni olib borishni ta’minlash;
  • To’lovlar , oylik maoshini belgilash va to’lash nafaqa hamda unga tenglashtirilgan   boshqa to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirish, shuningdek Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasida moddiy boyliklarning hisob kitobini olib borishini tashkil etish va amalga oshirish;
  • Amaldagi qonun hujjatlarga muvofiq tasdiqlangan shtatlar, smeta va moliya intizomiga kat’iy rioya qilishni ta’minlash.
  • Byudjetdan ajratilagn byudjet va byudjetdan tashkari topilgan mablaғlar xarajatlar smetasining tuzilishini tahlil qilish va tasdiqlash hamda ulardan samarali tejamkorlik bilan foydalanishni xodimlarga ish haqi, “direktor jamғarmasi” dan o’qituvchilarga ustamalarni xolisona tayinlanishini , mukofot va moddiy yordam pullarini asoslangan holda to’lanishi, noqonuniy xarajatlariga yul qo’ymaslik choralarini ko’rish lozim.
  • Ta’lim muassasasining tavar moddiy boyliklarini saqlanishlarini ta’minlash, rivojlantirish, ta’lim muassasasida vazirlar mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli qaroriga asosan servis xizmati ko’rsatish faoliyatini tashkil etish yuridik, jismoniy shaxslarning va chet el sarmoyadorlarining ixtiyoriy badallarini ta’lim muassasasining moddiy texnik bazasini rivojlantirishiga yo’naltirish va undan belgilangan tartibda faydalanishni tashkil etadi.
  • Markazlashtirilgan tartibda ta’lim muassasasiga beriladigan (jixozlar, Ixtisoslashtirilgan umumta’lim   muassasalariga beriladigan Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi xujjatlari. Kam ta’minlangan farzandlariga beriladigan qishqi kiyim bosh , Prezident sovғasi, ko’mir va boshqa) moddiy boyliklar uchun ishonchnomalar beradi, qabul qiladi, har bir o’quvchiga etkazilishini ta’minlaydi hamda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
  • Ta’lim muassasasi binolarining texnik xolatini, ya’ni saqlanishini, barcha moddiy boyliklar (inventarlar turli o’quv ko’rgazmali jixozlar) ning saqlanishini nazorat qiladi.
  • Har o’quv yili boshlangunga qadar barcha jixozlarni ta’minlash, har bir sinf xonasini, fan kabinetlarini, laboratoriyalarini ta’mirlash, jixozlash,   yangi o’quv yiliga taxt qilib, ro’yxat bo’yicha jixozlash, mebellarni sinf rahbarlariga kabinet mudirlariga , laboratoriya mudirlariga belgilangan tartibda (topshirish-qabul kilib olish dalolatnomalari tuzilgan xolda) topshirish va o’quv yili yakunlanganda   ularni butun xolatda qabul qilib olishn;
  • Kommunal xizmat kursatadigan xar bir tashkilot bilan ajratilgan limitlar asosida , belgilangan tartibda shartnomalar tuzish, hamda hududiy ғaznachilik bo’limlaridan ro’yxatdan o’tkazish uchun muassasa hisobchisiga taqdim etilishini ta’minlaydi.
  • Kommunal to’lovlar (Gaz, elektr energiya, suv va issiqlik energiyasi) bo’yicha xisoblagichlar kundalik ko’rsatkichlarni olib, tahlil qilingan xolda byudjetdan ajratilgan mablaғlardan tejamkorlik bilan foydalanishini;
  • Telefon tarmoqlaridan foydalanishda, aloqaning uzluksizligini sifatini nazorat qilish xamda aloqa buzilgan hollarda xududiy telefon tarmoqlari bo’linmalariga xabar berib, aloqani tiklash choralarini ko’rilishini ;
  • Ta’lim muassasasining sanitariya xolatini talab darajasida bo’lishida farroshlar, binoni qo’riqlashda qorovullar, atrof muxitni obodonlashtirishda boғbonlar ishining to’ғri tashkil qilinishini ;
  • Muassasada xodimlar o’rtasida shanbaliklarni, ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish tashkil etishni;
  • Qish mavsumida issiklik tizimidan foydalanishda xizmat ko’rsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga asosan issiqlik bosimining etarli darajada bo’lishini,   uning davomiyligini , issiqlik etarli darajada bo’lmagan kunlarda xizmat ko’rsatuvchi tashkilotga ma’lum qilish hamda ushbu kunlarni ro’yxatga olib, muassasa xisobchisiga issiqlik uchun to’lab beriladigan mablaғlarini qayta hisob-kitob qilishi haqida ogohlantirishini;
  • Kuz, qish mavsumiga muassasa binosi tomlarini, oyna va romlarini isitish tizimini hamda kanalizastiya quvrlarini ta’mirlab, tayyor xolga keltirishini ta’minlaydi.

Ixtisoslashtirilgan umumta’lim   muassasasi direktori o’z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi:

  • Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi ustavi va O’zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlariga muvofiq Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi faoliyatining barcha yo’nalishlari yuzasidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
  • Pedagogik kengash birgalikda Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasini rivojlantirish strategiyasi, maqsadlari va vazifalarini belgilaydi, uning ishini dasturiy rejalash to’ғrisida qarorlar qabul qiladi.
  • Muassasaning rivojlanish dasturlarini, Ixtisoslashtirilgan umumta’lim   muassasasidagi ta’limiy-dasturlari, o’quv rejalari , kurslar , fanlar, o’quv uslubiy hujjatlar, ustav va ichki tartib qoidalarini ishlab chiqish tasdiqlash va joriy etish ishlarini amalga oshiradi, Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining boshqa ichki me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqarishda ishtirok etadi.
  • Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasini   yangi o’quv yiliga , kuz-qish mavsumiga tayyor bo’lishini tashkil etadi va ta’minlaydi, Ixtisoslashtirilgan umumta’lim   muassasasida obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshiradi, qabul qilish dalolatnomalarini imzolaydi.
  • Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi faoliyati jarayonida yuzaga keladigan o’quv-uslubiy, ma’muriy, moliyaviy,   xo’jalik va boshqa masalalarini hal qilishda ishtirok etadi.
  • Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining pedagog va boshqa xodimlari ishini rejalashtiradi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
  • Kadrlarni saralash, ishga qabul qilish va joy joyiga quyish ishlarini amalga oshiradi, xodimlarning ish jadvallari va pedagogik yuklamasini , tarifikastion ro’yxatlar va mehnat ta’tillari jadvallarini tasdiqlaydi.
  • Xodimlarning ijodiy tashabbusini qo’llab-quvvatlaydi va raғbatlantiriladi, jamoada ijobiy-ma’naviy sof muhitni shakllantiradi.
  • Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi o’quvchilari va xodimlarining salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash maqsadida Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasida umumiy ovqatlanish tashkilotlari va tibbiy muassasalar faoliyat ko’rsatishi uchun kerakli shart sharoitlar yaratishini ta’minlaydi, ularning ishini nazorat qiladi.
  • Jamoa shartnomasi bajarilishini ta’mindaydi, Ixtisoslashtirilgan umumta’lim   muassasasi pedagoglar jamoasi, kasaba uyushmasi tashkilotiga mo’’tadil ishlash uchun kerakli sharoitlar yaratadi.
  • Davlat , jamoat va boshqa organlarda, tashkilotlarda va muassasalarda Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi manfaatlarini himoya qiladi.
  • Jixozlarning muxandislik-texnikaviy komunikastiyalardan xavfsiz foydalanishini ta’minlaydi, ularni mehnat muhofazasi bo’yicha amal qilayotgan standartlriga , qoidalariga va me’yorlariga muvofiq bulgan xolatga keltirish choralarini ko’radi, ta’lim muassasasining binosi ko’rikdan o’tkazilishi va ta’mirlanishini o’z vaqtida tashkil etadi
  • O’zbekiston Respublikasida mehnat kodeksida va Ixtisoslashtirilgan umumta’lim   muassasasi ichki mehnat tartib qoidalarida belgilangan tartibda yangi xodimlar qabul qilinishini rasmiylashtiradi;
  • Ishga yangi qabul qilingan shaxslar o’rnatilgan tartibda shartnomalarni imzolaydi, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi bo’yicha davtlabki ko’rsatma berish, ta’lim muassasasi xodimlari bilan ish   joyda ko’rsatma berish, tadbirlarni o’tkazadi, ko’rsatma berish tadbiri o’tkazilganligini daftarda rasmiylashtiradi.
  • Xodimlar va o’quvchilarning jaroxatlanishi hollarining oldini olish va ular o’rtasida kasallanish darajasini kamaytirish profilaktik ishlarini tashkil etadi va olib boradi.
  • Tibbiy xodimlar bilan hamkorlikda tibbiy xizmat ko’rsatilishini va soғlomlashtirish ishini yaxshilash choralarini ko’radi;
  • Kasaba-uyushmasi, ota-onalar qo’mitasi va vasiylik kengashi bilan hamkorlikda ovqatlanishni tashkil etilishini yaxshilash, Ixtisoslashtirilgan umumta’lim   muassasasi oshxonasida sifatli ovqat tayyorlashi uchun sharoit yaratish choralarini ko’radi;
  • Ishlayotganlar va o’quvchilarning o’quv mehnat yuklamasini , ularning ruhiy-jismoniy imkoniyatlarini e’tiborga   olgan holda ta’minlaydi, oqilona mehnat va dam olish tartibini tashkil etadi.
  • O’quvchilar va ishlayotganlarning salomatligi uchun xavfli sharoitlar yuzaga kelganida ta’lim jarayoni o’tkazilishini ta’qiqlashga haqli.