14-Yanvar Vatan Himoyachilar kuni

 

14-yanva  Vatanimizda  keng  nishonlanib  kelinadigan  bayramlar  sirasiga  kiradi. 

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, armiyaning qudrati faqatgina uning jangovar tayyorgarligi, xarakatchanligi, eng yangi qurol-yaroqlar bilan ta’minlangani bilan emas, balki  Qurol kuchlarimiz sarflari professional tayyorgarlikka ega bo’lgan shaxsiy tarkib bilan qay darajada to’ldirilgani, ofitsser, serjant va askarlarning ma’naviy, axloqiy-ruxiy fazilatlari, ularning faol xayotiy rozitstiya va qattiy e’tiqodi ona-Vatan taqdiri uchun ma’suliyat xissining naqadar yuksak ekani bilan belgilanadi.

O’zbekiston Respublikasi  Qurolli  Kuchlarining tashkil topganining 26 yilligi  bag’ishlab,  7-sinf o’quvchilari o’rtasida “Biz kichik askarlar” mavzusida tadbir va sport musaboqasi o’tkazildi

Tadbirda 7-sinf o’quvchilari tomonidan   vatan va  askarlar to’g’risida she’rlar,  sahna ko’rinish hamda qo’shiqlar va raqslar namoyish qilindi.

Tadbirda  7-sinf o’quvchilari  o’zlarining bilim va zukkoligini, epchilligini, vatanga bo’lgan muxabbatini hamda harbiylikga bo’lgan qiziqishlarini namoyon qilib, faol ishtirok qildilar.

Tadbir yakunida maktab-internati direktori  I.Saparboev, o’quvchilarga Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab o’tkazilgan tadbir juda  yaxshi tashkil qilinganligi, vatanparvarlik, burchga sadoqat, hushyorlik va ogohlik tuyg’ularini mustahkamlash, Qurolli Kuchlar mamlakatimiz sarhadlari havfsizligining ishonchli garovi ekanligi hamda mudofaa salohiyatini kuchaytirish va harbiy  xizmatning  nufuzini oshirish bo’yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning mazmun-mohiyati haqida tushuntirib  o’tdi.

Javob berish