21-mart, dushanba kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mamlakat xalqi va barcha mehmonlarni ayyom bilan qutladi. Tabrik matni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan e’lon qilingan.
Buy cheap and genuine Windows 7 product key |
Windows 7 Ultimate Key : Activation key, Free download |
Windows 7 Product Key : Activation key, Free download |
Windows 10 Product key : Activation key, Free download |
Windows 8 Product key : Activation key, Free download |
Office Professional Plus 2016 key : Activation key, Free download |
Windows 7 Ultimate ISO download |
Windows 7 Product Key Generator 32 bit and 64 bit Full |
Windows 7 Ultimate Product Key 32-64bit [Free Keys] [2016] |
Legit Windows 7 Product Key Online Store, PayPal Support |
Windows 7 Ultimate with Service Pack 1 Product Key,Windows 7 Key Sale |
Windows 10 keys, office 2016 keys, windows 7 keys: Valid Key Shop |
windows-10-education-key
windows-10-enterprise-key
office-2010-key
windows-7-key-sale
windows-10-home-key
windows-10-activation-key
windows-10-pro-key
office-2016-key
windows-10-key
office-2013-key
windows-10-iso
windows-7-key
windows-10-product-key
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!
Muhtaram mehmonlar!
Tabiat uyg‘onib, gul-chechaklar ochilib, atrof yashil libosga burkanib borayotgan shu kunlarda yasharish va yangilanish fasli bo‘lmish Navro‘zi olam yurtimizga kirib kelishi bilan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklash, barchangizga o‘zimning chuqur hurmat va samimiy tilaklarimni izhor etish – men uchun katta baxtdir.
Navro‘zi olam barchamiz uchun necha ming yillik tarixga ega, ildizlari “Avesto” davrida paydo bo‘lgan, qadimiy, asl milliy, har qanday siyosatdan yiroq, kecha va kunduz teng keladigan sharqona yangi yil bo‘lib, el-yurtimiz tabiatiga, ongu tafakkuri, qalbi-shuuriga chuqur singib ketgan eng sevimli, eng go‘zal bahor bayramidir.
Ayni shu betakror va dilbar faslda ko‘klam nafasi va mayin shabadalar kirib kelishi, kurtaklarning ochilishi bilan inson vujudiga bahor nashidasi yugurgandek bo‘ladi. Barchamiz o‘zimizni yasharib ketgandek, kuch-quvvat, g‘ayrat va shijoatga to‘lgandek sezamiz, o‘zimizni tabiatning uzviy va ajralmas qismi deb his qilamiz.
Ayni shu fayzli, shodiyona damlarda yurtimizning barcha go‘shalarida, qir-adirlar, bog‘u rog‘larda yurtdoshlarimiz sumalak va halim, ko‘ksomsa va go‘ja kabi tansiq taomlar tortilgan dasturxonlar atrofida to‘planib, bu bahor ne’matlarini o‘z oilasi, yaqinlari, do‘stu birodarlari bilan baham ko‘rishga intiladi.
Hech shubhasiz, bunday xursandchilik va sayil-tomoshalarni ko‘pchilik xonadon va mahallalarda, markazda, uzoq va chekka qishloqlarda ko‘rish, kuzatish qiyin emas.
Aholimiz, qaysi millat va elat vakili bo‘lishidan qat’i nazar, bayramona kayfiyatga berilib, bu ajoyib ayyomni katta shodu xurramlik bilan o‘tkazadi, bunday damlarda nafaqat tanish, balki notanish odamlarni ham qutlab, bag‘riga bosib, sog‘lik, baxtu saodat va omad tilashi hech kimni befarq qoldirmaydi, desam, haqiqatni aytgan bo‘laman.
Men ham ayni shu daqiqalardan foydalanib, mana shu muazzam va go‘zal maydonda to‘plangan siz, azizlarga, butun xalqimizga qarata Alisher Navoiy bobomizning tabarruk so‘zlari bilan aytmoqchiman: “Barchangizga Navro‘z bayrami muborak bo‘lsin, har kuningiz Navro‘z bo‘lsin!” degan samimiy tilaklarimni, mehr-izzatimni qabul qilishingizni so‘rayman.
Qadrli do‘stlar!
Navro‘zning o‘lmas ruhi va qadriyatlari avlodlardan-avlodlarga bezavol o‘tib kelmoqda, oradan qancha yillar, zamonlar o‘tmasin, bu g‘oya va odatlar bugungi kunlarda ham xalqimizning ongu tafakkurida chuqur iz qoldirib, kuchayib bormoqda.
Shu o‘rinda ba’zi bir misollarni olib kelmoqchiman.
Necha ming yillik tariximizdan ma’lum: Navro‘z faslida turli nizo va adovatlar, gina va arazlar unutilib, odamlar, millat va elatlar o‘rtasida mehr-oqibat, shafqat va muruvvat, hamjihatlik kabi insoniy tuyg‘ular yanada kuchayadi.
Shu borada bir faraz qilaylik: agarki, bugungi kunda xalqaro maydonda tobora avjiga chiqayotgan keskinlashuv, mojaro va qarama-qarshiliklarni, hali-beri davom etayotgan qon to‘kishlarning oldini olish, paydo bo‘layotgan muammolarni faqatgina tinchlik va siyosiy muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga qaytsak, xalqimiz iborasi bilan aytganda, olam guliston bo‘lardi.
Ishonchim komil, agarki shu kunlarda ko‘pni ko‘rgan, qancha-qancha sinovlarni boshidan kechirgan, yaxshilik va ezgulikni doimo yuragining to‘rida saqlab keladigan, mehr-oqibatli xalqimizdan, sharqona yangi yil kirib kelishi arafasida turib, yangi yilda sizning eng ezgu niyatlaringiz nimalardan iborat, deb so‘rasa, xalqimiz, hech ikkilanmasdan, bizga tinchlik va omonlik kerak, deb javob berishi muqarrar.
Bunday yakdillikning sababi va ildizlarini avvalo bizning qadimiy tariximiz, ko‘p qirrali buyuk madaniyatimizda, umumbashariy taraqqiyotga o‘chmas hissa qo‘shgan ulug‘ olim va mutafakkirlarimiz qoldirgan bebaho merosda, ona yurtimiz ko‘p zamonlar davomida bilim, ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lib kelganida ko‘rish darkor.
Buning ustiga, azal-azaldan xalqimizga mansub bo‘lgan olijanoblik, bag‘rikenglik, odamiylik va mehribonlik, muhtoj bo‘lganlarni qo‘llab-quvvatlash, keksalarning duosini olish, yetim-esirlarning boshini silash kabi savob ishlarni bajo keltirishda bunday xususiyat va alomatlar aholimizning qon-qoniga, suyak-suyagiga singib ketgani hech kimga sir emas.
Bularning barchasi asrlar mobaynida avloddan-avlodga o‘tib, boyitilib, oxir-oqibatda ezgu insoniy tushunchalarga aylanib, xalqimizning ma’naviy va amaliy dunyoqarashi uchun mustahkam poydevor bo‘lgan.
Tabiiyki, bunday olijanob, noyob xususiyat va fazilatlarga ega bo‘lgan, pok orzu-intilishlar bilan yashayotgan, o‘zi uchun tinchlik va omonlikni, musaffo osmonni istaydigan xalqimiz, hech shubhasiz, yaqin va uzoq qo‘shnilari bilan o‘z munosabatlarini o‘zaro hurmat, do‘stlik, hamjihatlik, bir-birining manfaatlarini hisobga olish asosida quradi. Va yurtimizni, aholimizni har qanday balo-qazolardan omon saqlashni o‘zining ustuvor vazifasi deb biladi.
Mana shunday quvonchli damlarda bugun bizga katta hurmat va ehtirom bildirib, shu go‘zal maydonda Navro‘z shodiyonalarimizda ishtirok etayotgan chet mamlakatlarning elchilari va xalqaro tashkilotlar vakillarini, xorijiy sherik va hamkorlarimizni, barcha muhtaram mehmonlarimizni sizlarning nomingizdan, butun xalqimiz nomidan Navro‘z bayrami bilan qutlashga, ularga qizg‘in hurmat va salomimizni yo‘llashga ruxsat bergaysiz.
Muhtaram yurtdoshlar!
Bugun mana shu fayzli maydonda jamuljam bo‘lgan siz, azizlarni qutlab, sizlarning timsolingizda avvalo O‘zbekistonimizni yanada obod va farovon qilish yo‘lida o‘zining mardona mehnati va matonati bilan ulkan hissa qo‘shayotgan, erishayotgan yutuq va marralari bilan barchani qoyil qoldirayotgan, yovuz kuchlarga bosh egmaydigan, o‘z qadr-qimmatini, mustaqilligini yuksak baholaydigan, bag‘rikeng xalqimizni ko‘raman. Va shu yuksak minbardan turib, shunday olijanob fazilatlar sohibi bo‘lgan xalqimiz oldida ta’zim qilaman.
Bizning tayanchimiz va suyanchimiz bo‘lmish O‘zbekiston yoshlariga qarata aytmoqchiman: boshimizdan kechirayotgan, shiddat bilan o‘zgarib, tobora murakkablashib borayotgan davr barchamizning, birinchi navbatda, siz, aziz farzandlarimizning oldiga zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni, intellektual boyliklarni chuqur egallash, shu bilan birga, mamlakatimizning xalqaro maydonda raqobatdoshligini yangi bosqichga ko‘tarish, iqtisodiyotimizni yangilash, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, bularni taraqqiyotimizning lokomotiviga aylantirish kabi vazifalarni qo‘ymoqda.
Ayni shu ulkan dolzarb maqsadlarga erishish yo‘lida siz, azizlarning xalqimiz, Vatanimizning ishonchini oqlashga qodir ekaningizga ishonaman va barchangizni doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyorman.
Aziz va qadrli vatandoshlarim!
Mana shu nurafshon va go‘zal ayyomda barchangizni kirib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan yana bir bor chin yurakdan tabriklayman.
Navro‘z har bir oila, har bir xonadonga, butun yurtimizga tinchlik-omonlik, mehru oqibat, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin!
Barcha-barcha orzu-niyatlarimiz ushalsin!
Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!