Huquqbuzarlik, jinoyatchilik va diniy ekstremizga qarshi kurash

Inson faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olgan keskin globallashuv jarayoni ijobiy xarakterga ega bo’lib, insoniyat  uchun mislsiz imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Afsuski, sodir bo’layotgan bunday o’zgarishlarning salbiy tomoni ham borki, u ham

bo’lsa dunyo tinchligiga havf soluvchi uyushgan jinoyatchilik xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm insoniyat hamda davlatlar milliy xavfsizligiga  tahdid qilishdir. Shu boisdan ham Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli 43-AFChO` va ChTChO`IMIda o`tkazilgan  o`quvchilar o`rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va diniy ekstremizga qarshi kurash chora-tadbirlari

to`g`risidagi yig`ilish  bo’lib o’tdi. Bu yig’lish 2015-yil  17-dekabr kuni bo’lib o’tdi, yig’ilishni yig`ilish raisi sifatida   U. Tajimuratov va kotiba vazifasida Z. Salayevalar olib borishdilar. Shuningdek yig’ilishda   120 nafar o`quvchilar, 36 nafar tarbiyachi va fan o`qituvchilarilar  qatnashdilar.

K un tartibi I sifatida esa:

O`quvchilar o`rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va diniy ekstremizga qarshi kurash chora-tadbirlari to`g`risidagi mavzu dolzarb mavzu sifatida qaraldi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan 43-IMI direktori U. Tajimuratov so`zga chiqib, O`zbekiston aholisining 60% ini 18-yoshga yetmagan ya’ni voyaga yetmaganlar tashkil qidadi. Bu yoshlar ulg`yib kelajakda o`zo`rnini topsalar, biron-bir foydali kasbni egallasalar Davlatimiz boyligiga boylik, buyukligiga buyuklik qo`shadi. Afsuski to`qlikka shoxlik deganlaridek boshqa davlatlar singari O`zbekistonning ayrim voyaga yetmagan yoshlari o`rtasida huquqbuzarliklar uchramoqda. Har bir ota-ona farzandlarining ruhan va jismonan baquvvat, komil inson bo`lib voyaga yetishini istaydi. Shuning uchun ham bugun oila maktab, yoshlar va huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari, butun jamoatchilik bilan hamkorlikda turli tadbir va suhbatlar uyushtirilayotgani to`g`risida gapirib o`tdi. 43-son maktab-internati MMIBDO` M. Dosmetova ham kun tartibidagi masala yuzasidan so`zga chiqib o`z fikrini bildirdi. Bugungi kuda yurtimiz yoshlariga davlatimizning e’tibori va ularga bo`lgan ishonchi haqida misollar bilan ta’kidlab o`tdi.   Shuningdek bola tarbiyasi bilan eng avvalo ota-ona javobgarligi, mamlakatimizda ko`plab oilalar o` farzandlariga imkoniyat darajasida chet tillarini, zamonaviy texnika sirlarini o`rgatishlari oily o`quv yurtiga kirib, yaxshi kasbni egallashlariga sharoit yaratib berayotganini, shunday bo`lsada ba’zi bir yoshlar ota-onalar va jamoatchilikning loqaydligi tufayli qarovsiz qolib, jinoyat yo`liga kirib ketayotganligi to`g`risida gapirib o`tdi. U o`z sozining yakunida o`quvchilarni maktabda yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalanishga va jinoyatga yo`l qo`ymaslikga chaqirdi. U o`z so`zida bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri yani diniy ekstremizm va uning salbiy oqibtlari haqida o`quvchilarga ma’lumot berdi. Shuningdek bu masala yuzasidan 43-son maktab-internati tarix fani o`qituvchisi N. Atajanova ham so`zga chiqib, Islom ekstremistlarning paydo bo`lishidagi ijtimoiy iqtisodiy shart-sharoitlar, g`rbdagi kuchli davlatlarning Islom mamlakatlarini o`z ta’siriga butunlay tushirib olmasligi va mustaqillikni yo`qotish xavfiga qarshi ekstremizmning shakllanganligi ekanligi haqida gapirdi.