Hashar elga yarashar

Har yili bayramlar arafasida yurtimizning barcha hududlarida umumxalq hasharlari o’tkaziladi. Shaharu qishloqlarda, mahallalar, mehnat jamoalarida erta tongdan hasharga chiqqan yurtdoshlarimiz hamjihat bo’lib, hovli-joylar, ko’p qavatli uylar atrofi, ko’cha va guzarlar, ariq-zovurlarni tozalashadi. Tabarruk qadamjolar va qabristonlar obodonlashtiriladi.  

3,1


3,2

Hashar halqimizning eng qadimiy va boqiy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida xalqimizning vatanni sevish, yurtni obod etish, o‘zgalarni e’zozlash va farovon turmush barpo etishga intilishi mujassam.

Istiqlol yillarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida milliy qadriyatlarimizni tiklash, ularning mazmun-mohiyatini yoshlarning ongu shuuriga chuqur singdirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘z samaralarini berayotir. Milliy bayramlarimiz arafasida an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan obodonlashtirish va tozalik oyligi, umumxalq xayriya hasharlari ana shunday xayrli ishlardandir.

Shu munosabat bilan 12-13 mart kunlari ko`pgina muassalar kabi bizning ham maktabda hashar o`tkazildi.
Hashar davomida o`qituvchilar, o`quvchilar, ishchi xodimlar, yosh-u qari birday yeng shimarib mexnat  qildilar.
Hovli atrofi va bino ichkarisini chiqindilardan tozalash va tartibga keltirish bo’yicha bir qancha ishlar bajarildi.
Maktab hovlisida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Ishchi xodimlar tomonidan hovli atrofi va daraxtlar tartibga keltirilib, ariq-zovurlar tozalandi.   Ta’kidlash joizki, hashar kunlari o’z ish joyida mehnat faoliyatini davom ettirgan har bir korxona, muassasa, tashkilotlar xodimlari ham umumxalq xayriya hashariga o’z ulushini qo’shishdi.  Xalqimizni birlashtirgan ushbu xayrli tadbir kelgusida minglab shunday ezgu ishlarni amalga oshirishga, savobli amallarni bajarishga yo’l ochishi shubhasiz.