Erta nikoh qurishining va erta tug`ruqning oldini olish

Hozirgi kunda erta nikoh qurish va uning oqibatlarida juda ko’plab noxushlik, ko’ngilsizliklar kuzatilininib kelmoqda. Shu sababli bu holatlarga qarshi kurashish maqsadida turli korhona va tashkilotlarda qishloq va mahallalarda  anjumanlar, yig’ilishlar tadbirlar va tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shu boisdan ham Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli 43-AFChO` va ChTChO`IMIda o`tkazilgan o`quvchil qizlar o`rtasida “Erta nikoh qurishining va erta tug`ruqning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlari” to`g`risidagi yig`ilish  bo’lib o’tdi. Bu yig’lish 2015-yil  12-dekabr kuni bo’lib o’tdi, yig’ilishni yig`ilish raisi sifatida                    U. Tajimuratov va koyiba vazifasida Z. Salayevalar olib borishdilar. Shuningdek yig’ilishda 120 nafar o`quvchilar, maktab-internat jamoasi, 12 mahalla maslahatchisi   G. Mirzayeva,    KTMPP  hamshirasi   Sh. Xolboyevalar  qatnashdilar.

K un tartibi I sifatida esa:

  1. O`quvchi qizlar orasida “Shaxsiy gigiyena” mavzusida suhbat o`tkazish.
  2. Erta tug`ruq va uning oldini olish to`g`risida.

ko’rib chiqildi.

  1. Kun tartibidagi masala yuzasidan 43-IMI MMIBDO` M. Dosmetova so`zga chiqib, o`quvchi qizlarning tartib-intizomi va kiyinish madaniyatini muntazam ravishda kuzatuvga olib borilishini nazorat qilish kerakligini, yotoqxonada qoluvchi o`quvchilarning xonalari tozaligi, o`quvchilar shaxsiy gigiyenasiga amal qilib borishlari to`g`risida gapirib, “Orasta qizlar” klubi ishlarini muntazam shakllantirib borishni aytib o`tdi. Shuningdek yig`ilishda xotin-qizlar qo`mitasi raisi   Sh. Davletova ham so`zga chiqib o`quvchilarning ota-onalari bilan doimiy ravishda muloqotda bo`lish, o`quvchilarning darslarga to`liq qatnashishi, ularning har tomonlama yetuk va madaniyatli

inson qilib tarbiyalash muhimligini aytib o`tdi. Yig`ilishda KTMPP hamshirasi Sh. Xolboyeva so`zga chiqib qizlarning shaxsiy gigiyenasi to`g`risida ma’ruza o`qidi va ularning salomatligini muntazam nazorat qilishni va tibbiy ko`rikdan o`tkazishni ta’kidlab o`tdi. Kun tartibiudagi 2-masala yuzasidan 11-12-mahalla maslahatchilari so`zga chiqib erta tug`ruqning oldini olish uchun ko`rilayotgan chora tadbirlar to`gg`risida gapirdi. Bunday xolatlar ro`y bermasligi uchun qizlar doimo nazoratda bo`lishlari, ularning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish uchun barcha sharoitlarning yaratilishi haqida gapirdilar. O`quvchilarning bo`sh vaqtlarida fan to`garaklari, musiqa va sport to`garaklariga qatnashib, o`z bilimi va iqtidorini yanada oshirishini ta’kidlab otdi. Shuningdek maktab-internati hamshirasi D. Masharipova so`zga chiqib, qizlarning shaxsiy gigiyenasi hamda ularning salomatligini muntazam nazorat qilishni va tibbiy ko`rikdan o`tkazishni ta’kidlab o`tdi.