43-son «AFChO’vaChTChO’IMI» tarixi
43-son «AFChO’vaChTChO’IMI binosi 1990 yilda qurilgan. 1930 –yilda maktabga A. Navoiy nomi berilgan, bu davrda maktab 4 ta xonadan iborat bo’lgan.
1930-yillarda maktabda savodsizlikni tugatish qurslarida qishloqning katta yoshdagi aholisi ham savod chiqargan.
1936 yilda boshlang’ich maktab 7-yillik to’liqsiz o’rta maktabga aylantirilgan. M. Sultonov direktorlik qilgan davrda yana 5 ta sinf xonasi hasher yo’li bilan qurilgan.
- Latipov rahbarlik qilgan 1958-yilda yana 6 ta qo’shimcha xonadan iborat bo’lgan maktab binosi qurilgan. Bu davrda tevarak atirofdagi qishloqlarda o’rta maktab bo’lmaganligi sababli 14-son, 20-son, 27-son,33-son to’liqsiz o’rta maktablardan ham o’quvchilar qantab o’qigan.
Maktab direktori B. Iskandarov o’quvchilar soni yana ko’payganligi sababli qurilishni davom ettirgan.
1967-yilda 1 ta zal, 5 ta sinf xonasi buffet va oshxona qurilgan.
1974-1975 o’quv yilida 8 ta o’quv xonasidan iborat yangi maktab binosining qurilib, ishga tushirish o’quv tarbiya ishlarini kabinet sistemasida olib borish uchun imkon yaratdi.
Maktab direktori Q. Matyaqubov rahbarligi 844 o’rinli zamonaviy maktab binosi qurilib bitkazildi.
1999 yol 1-sentabrda maktabning to’liq ishga tushirilishi maktab o’qituvchilari va o’quvchilar jamosining hamda qishloq aholisining cheksiz quvonchiga sabab bo’ldi. Maktabning qurilish montaj ishlarini”tuyamo’yin suv qurilish” trestining 4-son ko’chma mexanizatsiyalashgan qalonnasi kuruvchilari bajardi.
Maktab 50-yil mobaynida tuman, Viloyat, va Respublikamizning qishloq –xo’jalik, sanoat, kurulish, transpor, aloqa, fan va texnika, maorif va madaniyat, meditsina va boshqa sohalarda ishlovchi ko’pgina mutaxassislarni etkazib berdi.
Maktabning sobiq o’quvchilaridan el-yurt xizmatiga sazovor bo’lgan xalq deputatlar, mehnat qahramonlari, olimlar, muxandislar, o’qituvchilar va shifokorlar ko’plab topiladi.
1999-2000 o’quv yilida 710 nafar o’quvchi zamonaviy, shinam, barcha qulayliklarga ega bo’lgan mazkur bilim dargohida ta’lim olgan.
Hazirga kelib maktabda 40-nafar o’qituvchi murabbiylar jamoasi ta’lim –tarbiya ishlarini muvofaqqiyatli olib bormoqdalar.
Maktab o’quvchilari tuman viloyat “Umid nixollari” sport musobaqalarida faxirli o’rinlarni qo’lga kiritib kelmoqdalar..