Maktab – o’qituvchi rahbarligida yosh avlodga maʼlumot beriladigan va tarbiyaviy ishlar olib boriladigan oʻquv tarbiya muassasasi. Oʻzbekistonda maktab, asosan, davlat mulki bo’lib, unda o’qish bepuldir. Shu bilan birga oliy o’quv yurtlarida o’qish qisman shartnoma asosida ota-onalar mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yilda qabul qilingan «Ta`lim to’g’risida»gi qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da belgilab berilganidek, Oʻzbekiston maktablarida ta`lim oʻquvchilarning ona tilida olib boriladi. Barcha maktablarda o’quvchi va talabalar uchun uzliksiz tarzda ta`limning quyi bosqichidan yuqori bosqichiga o’tish ta`minlangan. Boshlang’ich va O’rta maktablarda ta`limning asosiy shakli – dars, o’rta maxsus va kasb-hunar, hamda oliy maktablarda – leksiya.
Maktabni quyidagi turlarga boʻlish mumkin: a) beriladigan bilimning harakteriga kura — umumiy va professional; b) bilimning koʻlamiga koʻra — boshla-ngʻich (yoki quyi), oʻrta, oliy; v) kimning qaramogʻida boʻlishiga qarab — davlat, munitsipal (jamoa) va xususiy; g) oʻquvchilar jinsiga koʻra — aralash (har ikki jinsdagi oʻquvchilar uchun), ayollar hamda erlar maktabi;d) dinga nisbatan — dunyoviy vadiniy (konfessional); ye) bolalar M.da boʻlish vaqtiga qarab — qatnab oʻqiydigan M. va tunab qolinadigan M. (pansion, internat va t.k.). Oʻzbekistonda M., asosan, davlat mulki boʻlib, unda oʻqish bepuldir. Shu bilan birga oliy oʻquv yurtlarida oʻqish qisman shartnoma asosida ota-onalar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. OʻzR ning 1997 yilda qabul qilingan «Taʼlim toʻgʻrisida»gi qoluni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da belgilab berilganidek, Oʻzbekiston maktablarida taʼlim oʻquvchilarning ona tilida olib boriladi. Barcha M.larda oʻquvchi va talabalar uchun uzluksiz tarzda taʼlimning quyi bosqichidan yuqori bosqichiga oʻtish taʼminlangan. Boshlangʻich va oʻrta M.larda taʼlimning asosiy shakli — dars, oʻrta maxsus va kasb-hunar, hamda oliy maktablarda — leksiya.
Ilk M.lar qad. Sharq mamlakatlari (Xitoy, Bobil, Misr va boshqalar)da paydo boʻlgan; bu mamlakatlardagi ibodatxonalarda kohinlar va kotiblar M.lari boʻlgan. Yevropada dastlabki M.lar taxminan miloddan avvalgi 6-asrda Yunonistonda, miloddan avvalgi 4-asrda Qad. Rimda vujudga kelgan.
Oʻrta Osiyoda boshlangʻich taʼlim beradigan M. maktabxona deb nomlangan. Oʻrta Osiyoda M.lar tipidan yana Madrasa, qorixonank koʻrsatish mumkin. Madrasa oʻrta va oliy tipdagi M. hisoblangan; qorixonada Qurʼonni tilovat qilish oʻrganilgan