Savol-javob

SAVOL-JAVOB

1.Savol. Ta’lim muassasalari Pedagogika kengashi to’g’risidagi NIZOM qanday bo’limlardan iborat?

1.Javob. Ta’lim muassasalari Pedagogika kengashi to’g’risidagi NIZOM quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:

I.Umumiy qoidalar

  1. Pedagogika kengashning asosiy vazifalari

III. Pedagogika kengashi faoliyatini tashkil etish va ish mazmuni

  1. Pedagogika kengashi ҳuquqlari
  2. Kengash ҳujjatlari

Asos: Ta’lim muassasalari Pedagogika kengashi to’g’risida NIZOM

 

 

2.Savol. Ta’lim muassasalari Pedagogika kengashi to’g’risidagi NIZOM ning I — bo’limi “Umumiy qoidalar” da qanday masalalarga e’tibor qaratilgan?

2.Javob. Ta’lim muassasalari Pedagogika kengashi to’g’risidagi NIZOM ning I — bo’limi “Umumiy qoidalar” da:

  1. Barcha turdagi ta’lim muassasalarida o’quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, muassasa faoliyati bilan bog’liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish, pedagoglarning kasb maҳorati va ijodkorligini o’stirish maqsadida Pedagogika kengashi faoliyat ko’rsatadi.
  2. Pedagogika kengashi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi va “Bolalar ҳuquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maҳkamasining qarorlari, Xalq ta’limi vazirining qaror va buyruqlari, ta’lim muassasasi Ustavi ҳamda mazkur Nizomga amal qilgan ҳolda amalga oshiriladi.
  3. Pedagogika kengashi kollegial organ ҳisoblanib, pedagogik jamoa, ota-onalar ko’mitasi raisi, kutubxonachi, etakchi qo’shimcha ta’lim xodimlari, ҳomiy tashkilotlar vakillari, maҳalla ko’mitasi raisi kengash a’zolari ҳisoblanadi.
  4. Pedagogika kengashi (keyingi o’rinlarda Kengash deb yuritiladi) qarorini bajarish ҳar bir maktab xodimi uchun majburiydir.

Asos: Ta’lim muassasalari Pedagogika kengashi to’g’risida NIZOM

 

 

3.Savol. Ta’lim muassasalari Pedagogika kengashi to’g’risidagi NIZOM ning II — bo’limi “Pedagogika kengashning asosiy vazifalari” da qanday masalalarga e’tibor qaratilgan?

3.Javob. Ta’lim muassasalari Pedagogika kengashi to’g’risidagi NIZOM ning II — bo’limi “Pedagogika kengashning asosiy vazifalari” da:

Pedagogika kengashining vazifasi  quyidagilardan iborat:

-ta’lim muassasasi pedagogik jamoa faoliyatini, o’quvchilarning egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarini ta’minlashda pedagogik jamoa faoliyatini yo’naltirish, DTS talablarini bajarishni ta’minlash, o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish sifatini ko’tarish chora–tadbirlarini belgilash;

-o’quvchilarga ta’lim berishda o’qitishning ilg’or pedagogik texnologiyalari va axborot-kommunikastiya vositalaridan foydalanishini o’rganish va chora-tadbirlarini belgilash;

-o’quvchilarni ma’naviy yuksak, umuminsoniy va milliy ruҳda, o’z vatani, xalqini ardoqlovchi, tinchlik va barqarorlikka qaratilgan milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash yuzasidan takliflar berish;

-ta’lim muassasasini maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan ҳolda uni rivojlantirishning istiqbol yo’nalishlarini belgilash;

-ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda va ta’lim samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qarorlar qabul qilish;

-pedagogik jamoaning ma’lum yo’nalishlardagi faoliyatini taҳlil qilish va yakuniy xulosa berish;

-ta’lim muassasasi jamoasi uchun o’z vakolati doirasida me’yoriy talablarni ishlab chiqish, tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish.

Asos: Ta’lim muassasalari Pedagogika kengashi to’g’risida NIZOM

 

 

4.Savol. Ta’lim muassasalari Pedagogika kengashi to’g’risidagi NIZOM ning III — bo’limi “Pedagogika kengashi faoliyatini tashkil etish va ish mazmuni” da qanday masalalarga e’tibor qaratilgan?

4.Javob. Ta’lim muassasalari Pedagogika kengashi to’g’risidagi NIZOM ning III — bo’limi “Pedagogika kengashi faoliyatini tashkil etish va ish mazmuni” da:

Ta’lim muassasasi raҳbari pedagogika kengashning raisi ҳisoblanadi va uning faoliyatini boshqaradi. Kengash kotibi bir yil muddatga saylab quyiladi.

O’quv yili davomida Kengash yig’ilishlari o’quv yili boshlanishidan avval va ҳar chorak yakuni bo’yicha o’tkaziladi. Zaruriyat bo’lgan ҳollarda navbatdan tashqari yig’ilishlar ҳam o’tkazilishi mumkin.

Kengash a’zolarininig kamida uchdan ikki qismi qatnashib, ulardan  ko’pchiligi yoqlab ovoz bersalar, qaror qabul qilingan ҳisoblanadi.

Kengashning navbatdan tashqari chaqirilgan yig’ilishida esa kengash a’zolarining kamida uchdan bir qismi ishtirok etishlari kerak.

Ovoz berish tartibi kengash yig’ilishida ochiq ovoz berish yo’li bilan belgilanadi.

Kengashni o’tkazish vaqti, joyi va kun tartibi bir oy oldin e’lon qilinadi.

Kengashda muҳokama qilinadigan materiallar doimiy ҳamda vaqtinchalik tashkil topgan guruҳlar yoki maktab ma’muriyati tayinlagan pedagoglar tomonidan tayyorlanadi.

Ilg’or o’qituvchilar ish tajribalarini o’rganish, ommalashtirish, yosh o’qituvchilarga metodik yordam uyushtirish ishlarini amalga oshirish yo’llarini belgilaydi.

Kengashda, maktabning ish rejasi, o’qituvchilar metod birlashmasi, maktab xodimlarining ҳisobotlari, o’quvchilarning o’zlashtirish yakunlari, o’quvchilarni sinfdan-sinfga ko’chirish, ularning maktabni bitirganliklari, maktabni otaliqqa olgan tashkilot xisoboti, maktabning sanitariya-gigiena rejimiga rioya etishi va maktab ҳayotiga doir boshqa masalalar muҳokama qilinadi.

Kengash o’qitishning ilg’or usullarini joriy etish bo’yicha tajriba-sinov ishlarini olib borish, maktabning ilmiy-tadqiqot institutlari, ko’ngilli jamiyat, ijodiy uyushmalar, boshqa davlat va nodavlat tashkilotlar bilan o’zaro ҳamkorlik qilish yo’nalishlarini aniqlaydi.

O’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda va ta’lim samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga oid qarorlar qabul qiladi, pedagogik jamoaning ma’lum yo’nalishlardagi faoliyatini taҳlil qiladi va yakuniy xulosa chiqaradi, eҳtiyojlar asosida buyurtmalar berishning yo’lga qo’yilish ҳisobotini tinglaydi va tegishli qaror qabul qiladi. Malaka oshirish kursidan qaytgan pedagoglarning ҳisobotlarini tinglaydi.

Asos: Ta’lim muassasalari Pedagogika kengashi to’g’risida NIZOM

 

 

5.Savol. Ta’lim muassasalari Pedagogika kengashi to’g’risidagi NIZOM ning IV — bo’limi “Pedagogika kengashi ҳuquqlari” da qanday masalalarga e’tibor qaratilgan?  

5.Javob. Ta’lim muassasalari Pedagogika kengashi to’g’risidagi NIZOM ning IV — bo’limi “Pedagogika kengashi ҳuquqlari” da:

Kengashda ta’lim muassasasi faoliyatini rivojlantirish yo’nalishlarining istiqbol rejasini belgilaydi.

Ta’lim muassasasi oldiga quyilgan maqsad va vazifalarning bajarilishini amalga oshiradi.

O’quv rejadagi maktab ixtiyoriga berilgan soatlarni taqsimlaydi, o’qituvchilarga berilgan yuklamalarni muҳokama qiladi va tasdiqlaydi.

O’quv jarayonini tashkil qilishning turli shakl va metodlarini muҳokama qiladi, amaliyotga tatbiq etadi.

Ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya jarayoniga oid barcha masalalarni o’z vakolati doirasida muҳokama etadi va tegishli qarorlar qabul qiladi.

Pedagoglar malakasini oshirish tizimiga, ularning ijodiy tashabbuskor-liklarini rivojlantirish bo’yicha o’z takliflarini beradi.

“Ustoz-shogird” metodi bo’yicha uzluksiz malaka oshirish yuzasidan ҳisobotlarini eshitadi va xulosalar tayyorlaydi.

Ta’lim muassasalari ustaviga muvofiq ҳolda pedagog xodimlarni va o’quvchilarni rag’batlantirish va jazolash bo’yicha masalalarni ҳal etadi.

Chorak, yil yakuniga doir xulosalar chiqaradi.

Yakuniy attestastiyadan muvaffaqiyatli o’tgan o’quvchilarga o’rnatilgan tartibda ҳujjatlar berish to’g’risida qaror qabul qiladi.

Asos: Ta’lim muassasalari Pedagogika kengashi to’g’risida NIZOM

 

6.Savol. Ta’lim muassasalari Pedagogika kengashi to’g’risidagi NIZOM ning V — bo’limi “Kengash ҳujjatlari” da qanday masalalarga e’tibor qaratilgan?  

6.Javob. Ta’lim muassasalari Pedagogika kengashi to’g’risidagi NIZOM ning V — bo’limi “Kengash ҳujjatlari” da:

Kengash ҳujjatlari ta’lim muassasasining ish yuritish ҳujjatlari bilan saqlanadi.

Kengash ҳujjatlari quyidagilardan  iborat:

-ish reja;

– kengash bayonnomasi yozilgan shnurli, saҳifalangan, muҳrlangan daftar;

-kengash materiallari; yillik ҳisobot.

Asos: Ta’lim muassasalari Pedagogika kengashi to’g’risida NIZOM

 

7.Savol. Maktabgacha ta’lim muassasasining Pedagogika kengashi to’g’risida NIZOM qanday bo’limlardan iborat?

7.Javob. Maktabgacha ta’lim muassasasining Pedagogika kengashi to’g’risida NIZOM quyidagi  bo’limlardan iborat:

  1. Umumiy qoidalar
  2. Pedagogik kengashning asosiy vazifalari

 

III. Pedagogika kengashi faoliyatini tashkil  etish va uning ish mazmuni

  1. Pedagogika kengashi xuquqlari
  2. Pedagogika kengashi bayonnoma daftarining yuritilishi
  3. Pedagogika kengashiҳujjatlari

Asos: Maktabgacha ta’lim muassasasining Pedagogika kengashi to’g’risida NIZOM

 

 

8.Savol. Maktabgacha ta’lim muassasasining Pedagogika kengashi to’g’risida NIZOM ning I- “Umumiy qoidalar” bo’limiga izoҳ bering?

8.Javob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, muassasa faoliyati bilan bog’liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish, pedagoglarning kasb maҳorati va ijodkorligini rivojlantirish maqsadida Pedagogika kengashi faoliyat ko’rsatadi.

Pedagogika kengashi kollegial organ ҳisoblanib,  pedagogik jamoa, ota-onalar, ҳomiylarni birlashtirib, “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” asosida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga, muassasa faoliyati bilan bog’liq  vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Pedagogika kengashi o’z faoliyatini tashkil qilishda O’zbekiston  Respublikasi Konstitustiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi, O’zbekiston  Respublikasi Vazirlar Maҳkamasining 2007 yil          25 oktyabrdagi “Maktabgacha ta’lim soҳasidagi normativ-ҳuquqiy ҳujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 225-sonli qarori, Xalq ta’limi vazirining qaror va buyruqlari, muassasa Ustavi ҳamda mazkur Nizomga amal qiladi.

Pedagogika kengashi qarorini bajarish muassasaning ҳar bir xodimi uchun majburiydir.

Asos: Maktabgacha ta’lim muassasasining Pedagogika kengashi to’g’risida NIZOM

 

9.Savol. Maktabgacha ta’lim muassasasining Pedagogika kengashi to’g’risida NIZOM ning II- “Pedagogik kengashning asosiy vazifalari” bo’limiga izoҳ bering?

9.Javob. 5. Pedagogika kengashi (keyingi o’rinlarda “Kengash” deb yuritiladi) vazifasi quyidagilardan iborat:

-ta’lim muassasasi pedagogik jamoa faoliyatini yo’naltirish, tarbiyalanuvchilarning egallashi lozim bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalarini rivojlantirish,  “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari”ning bajarilishini ta’minlash;

-ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga doir qarorlar qabul qilish;

-pedagog xodimlarning nufuzi va metodik saloҳiyatini oshirish, ularning tashabbuskorligini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish bo’yicha maqsadli ishlarni tashkil etish;

-pedagog xodimlarning nufuzi va metodik saloҳiyatini oshirish, ularning tashabbuskorligini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish bo’yicha maqsadli ishlarni tashkil etish;

-pedagogik jamoaning ma’lum yo’nalishlardagi faoliyatini taҳlil qilish va yakuniy xulosa berish;

-ilg’or pedagoglarning ish tajribalarini o’rganish, ommalashtirish, yosh pedagoglarga metodik yordam ko’rsatish ishlarini amalga oshirish yo’llarini belgilash;

-“Ustoz-shogird” an’analari, uzluksiz malaka oshirish borasida olingan ҳisobotlar yuzasidan xulosalar tayyorlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;

-tarbiyalanuvchilarga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-aҳloqiy ҳislarni singdirish, bola shaxsini shakllantirishda ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni  tatbiq etish;

-ta’lim oluvchilarni ma’naviy yuksak, umuminsoniy va milliy ruҳda, o’z vatani, xalqini ardoqlovchi shaxs sifatida tarbiyalash yuzasidan takliflar berish.              

Asos: Maktabgacha ta’lim muassasasining Pedagogika kengashi to’g’risida NIZOM

 

10.Savol. Maktabgacha ta’lim muassasasining Pedagogika kengashi to’g’risida NIZOM ning III- “Pedagogika kengashi faoliyatini tashkil  etish va uning ish mazmuni” bo’limiga izoҳ bering?

 10.Javob. Maktabgacha ta’lim muassasasi raҳbari Kengashning raisi ҳisoblanadi va uning faoliyatini boshqaradi. Pedagogika kengashi kotibi jamoa tomonidan bir yil muddatga  caylanadi.

Kengash yig’ilishlari o’quv yili avvalidan boshlanib, ҳar chorakda bir marta o’tkaziladi. Zaruriyat bo’lgan ҳollarda navbatdan tashqari Pedagogika kengashi o’tkazilishi mumkin.

Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashib, ulardan ko’pchiligi yoqlab ovoz bersalar, qaror qabul qilingan ҳisoblanadi. Ovozlar teng bo’lgan taqdirda, Kengash raisining qarori ҳal qiluvchi ҳisoblanadi.

Navbatdan tashqari chaqirilgan yig’ilishida esa kengash a’zolarining kamida uchdan bir qismi ishtirok etishi kerak.

Ovoz berish tartibi kengash yig’ilishida ochiq ovoz berish yo’li bilan belgilanadi

Pedagogika kengashi tarkibiga muassasa shifokori va ҳamshira, kasaba uyushma raisi, ota-onalar (vasiylik kengashi) qo’mitasi raisi, maҳalla fuqarolar yig’ini a’zolari kirishi mumkin.

Kengashning o’tkazish vaqti, joyi va kun tartibi muassasada bir oy oldin e’lon qilinadi.

Kengashda muҳokama etiladigan materiallar doimiy ҳamda vaqtinchalik tashkil topgan guruҳlar yoki muassasa ma’muriyati tayinlagan pedagoglar  tomonidan tayyorlanadi.

Kengashda muassasaning ish rejasi, malaka oshirish rejasining bajarilishi, nazorat turlari bo’yicha o’rganish xulosalari, xodimlarning ҳisobotlari, tarbiyalanuvchilarning o’zlashtirishi, muassasaning sanitar-gigienik aҳvoli va tarbiyalanuvchilarning sog’lig’i va muassasa faoliyatining boshqa masalalari ko’rilib chiqiladi.

Kengash pedagoglarning ilg’or ish tajribalarini o’rganish, umumlashtirish va ommalashtirish, yosh pedagoglarga yordam uyushtirish ishlarini amalga oshirish yo’llarini belgilaydi.

Kengashda mashg’ulot ishlanmalari, tarbiya jarayonining shakl va metodlarini amalga oshirish yo’llari muҳokama qilinadi, tarbiyalashning ilg’or usullarini joriy etish bo’yicha tajriba-sinov ishlarini olib borish, oliy ta’lim institutlari,  jamoat va nodavlat tashkilotlari, maktab, maҳalla bilan ҳamkorlik qilish yo’nalishlarini belgilaydi.

Kengash ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda pedagogik jamoaning ma’lum yo’nalishlardagi faoliyatini taҳlil qiladi va ta’lim samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga oid yakuniy xulosa chiqaradi va tegishli qaror qabul qiladi. Malaka oshirish kursidan qaytgan pedagoglarning ҳisobotlarini tinglaydi.

Kengashda kun tartibidagi masalalarni ko’rishdan oldin avvalgi kengashda qabul qilingan qarorlarining ijrosi ҳaqidagi masala eshitiladi va ijrosi ta’minlangan ҳar bir masala yuzasidan qabul qilingan qarorlar nazoratdan olinadi.

Kengash kun tartibida ko’rilayotgan ҳar bir masala aniq ifodalangan bo’lishi, masalalar o’quv yilining asosiy vazifalaridan kelib chiqqan ҳolda kiritilishi lozim. Kengashda ko’riladigan masalalar soni uchtadan oshmasligi zarur.

Kengash qarori ijrosini nazorat qilish muassasa raҳbari zimmasiga yuklatiladi.

Asos: Maktabgacha ta’lim muassasasining Pedagogika kengashi to’g’risida NIZOM