Bugun maktabimizda katta tantana, sababi ertaga go’zallik va nafosatli ayollarimizni bayrami. Shu sababli joylarda turli tadbirlar, kechalar o’kazilmoqda. Bizning maktab o`quvchilari ham bu tadbirlardan chetta qolmadilar. Ular o’zlarining turli qiziqarli shartlari bilan maktab o’quvchilariga o’z chiqishlarini namoyish etdilar.
Ayol-bu so’zni eshitganda eng avvaio ko’z o’ngimizda volidai muhtaramamiz jonlanadi. Tongda bizga atab kulcha yopguvchi, tunlar ertak aytib uxlatguvchi, dardimizni tinglanguvchi, oq yuvib oq taraguvchi zot ham onamizdir.
Bahor – yangilanish yasharish fasli. Bu faslni odatda kelinchakka o’xshatishadi. Qirlarni qizmizi qizg’aldaqlar bezasa, yaylovlar yashil rangga burkanadi. Daraxtlar kurtak yozganda gullardan taralayotgan ifor xuddi kelinchakning xonasidan taralayotgan iforni yodga soladi. Xotin-qizlar bayrami ham shu faslda nishonlanish ham shudir.SHu tufayli 8-sinf qizlari “Balli qizlar” kechasini o’tkazmoqda. Yaqinlashib kelayotgan 8-mart Xotin-qizlar bayrami bilan ayollarni handa qizlarni chin dildan muborakbod etamiz.