Inson faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olgan keskin globallashuv jarayoni ijobiy xarakterga ega bo’lib, insoniyat uchun mislsiz imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Afsuski, sodir bo’layotgan bunday o’zgarishlarning salbiy tomoni ham borki, u ham
bo’lsa dunyo tinchligiga havf soluvchi uyushgan jinoyatchilik xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm insoniyat hamda davlatlar milliy xavfsizligiga tahdid qilishdir. Shu boisdan ham Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli 43-AFChO` va ChTChO`IMIda o`tkazilgan o`quvchilar o`rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va diniy ekstremizga qarshi kurash chora-tadbirlari
to`g`risidagi yig`ilish bo’lib o’tdi. Bu yig’lish 2015-yil 17-dekabr kuni bo’lib o’tdi, yig’ilishni yig`ilish raisi sifatida U. Tajimuratov va kotiba vazifasida Z. Salayevalar olib borishdilar. Shuningdek yig’ilishda 120 nafar o`quvchilar, 36 nafar tarbiyachi va fan o`qituvchilarilar qatnashdilar.
K un tartibi I sifatida esa:
O`quvchilar o`rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va diniy ekstremizga qarshi kurash chora-tadbirlari to`g`risidagi mavzu dolzarb mavzu sifatida qaraldi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan 43-IMI direktori U. Tajimuratov so`zga chiqib, O`zbekiston aholisining 60% ini 18-yoshga yetmagan ya’ni voyaga yetmaganlar tashkil qidadi. Bu yoshlar ulg`yib kelajakda o`zo`rnini topsalar, biron-bir foydali kasbni egallasalar Davlatimiz boyligiga boylik, buyukligiga buyuklik qo`shadi. Afsuski to`qlikka shoxlik deganlaridek boshqa davlatlar singari O`zbekistonning ayrim voyaga yetmagan yoshlari o`rtasida huquqbuzarliklar uchramoqda. Har bir ota-ona farzandlarining ruhan va jismonan baquvvat, komil inson bo`lib voyaga yetishini istaydi. Shuning uchun ham bugun oila maktab, yoshlar va huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari, butun jamoatchilik bilan hamkorlikda turli tadbir va suhbatlar uyushtirilayotgani to`g`risida gapirib o`tdi. 43-son maktab-internati MMIBDO` M. Dosmetova ham kun tartibidagi masala yuzasidan so`zga chiqib o`z fikrini bildirdi. Bugungi kuda yurtimiz yoshlariga davlatimizning e’tibori va ularga bo`lgan ishonchi haqida misollar bilan ta’kidlab o`tdi. Shuningdek bola tarbiyasi bilan eng avvalo ota-ona javobgarligi, mamlakatimizda ko`plab oilalar o` farzandlariga imkoniyat darajasida chet tillarini, zamonaviy texnika sirlarini o`rgatishlari oily o`quv yurtiga kirib, yaxshi kasbni egallashlariga sharoit yaratib berayotganini, shunday bo`lsada ba’zi bir yoshlar ota-onalar va jamoatchilikning loqaydligi tufayli qarovsiz qolib, jinoyat yo`liga kirib ketayotganligi to`g`risida gapirib o`tdi. U o`z sozining yakunida o`quvchilarni maktabda yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalanishga va jinoyatga yo`l qo`ymaslikga chaqirdi. U o`z so`zida bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri yani diniy ekstremizm va uning salbiy oqibtlari haqida o`quvchilarga ma’lumot berdi. Shuningdek bu masala yuzasidan 43-son maktab-internati tarix fani o`qituvchisi N. Atajanova ham so`zga chiqib, Islom ekstremistlarning paydo bo`lishidagi ijtimoiy iqtisodiy shart-sharoitlar, g`rbdagi kuchli davlatlarning Islom mamlakatlarini o`z ta’siriga butunlay tushirib olmasligi va mustaqillikni yo`qotish xavfiga qarshi ekstremizmning shakllanganligi ekanligi haqida gapirdi.