Yangi maktab — internat o’z faoliyatini boshladi

DSC_2191

Gurlan tumanida 43-son “Ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan va chet tillarni chuqur o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab inernati” 2014 yilda tashkil qilindi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’ғrisidagi” PQ -1875 sonli qarori va Vazirlar Maҳkamasining 2008 yil 7 avgustdagi “Ayrim fanlar cho’qur o’rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to’ғrisidagi” 173 –son qarori, Xorazm viloyati ҳokimining 2014 yil 17 maydagi “Ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan va chet tillarni chuqur o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab internatini tashkil etish to’ғrisidagi ” 97k son qarori, Gurlan tuman ҳokimining 2014 yil 25 iyuldagi 948 son ҳamda Gurlan tuman ҳokimining 2014 yil 9 sentyabrdagi 1096 sonli qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida Gurlan tumanida 43-son “Ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan va chet tillarni chuqur o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab inernati” yangi tashkil qilindi.
43 – son Ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan va chet tillarni chuqur o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati ta’limning 5-sinfdan boshlab sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq o’qish ҳamda yashash uchun zarur shart-sharoitlar tashkil etilgan ҳolda o’quvchilarning barcha jalb etilgan kontengentini iqtidor va iste’dodni rivojlantirishga yunaltirilgan kompleks ta’lim-tarbiya jarayoni bilan qamrab olish maqsadida tashkil etildi.
Quyidagilar:
• O’quv yili tamom bo’lgandan keyin 4- sinf o’quvchilarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maҳkamasi ҳuzuridagi Davlat test markazi tomonidan o’tkaziladigan tegishli fanlar bo’yicha test sinovidan o’tkazish.
• 4-sinf o’quvchilarining qobiliyati va mayllarini aniqlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Soғliqni saqlash vazirligi ishtirokida xalk ta’limi vazirligi tomonidan o’tkaziladigan psixologik-pedagogik diagnostika natijalari chet tillar va ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatni tashkil etish mezoni ҳisoblanadi.
• Test sinovi materiallari va metodikasi Davlat test markazi tomonidan, psixologik-pedagogik diagnostika materiallari ҳamda metodikasi –boshlanғich va umumiy o’rta ta’lim soxasidagi etakchi muassasalar jalb etilgan ҳolda tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari ishtirokida xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan shakllantiriladi.
2014-2015 o’quv yili uchun vaziyat va imkoniyatdan kelib chiqqan ҳolda . ota-onalar xoxishi istaklarini inobatga olib (o’quvchilar qobiliyati) maktab internat muvaqqat komissiyasining qaroriga muvofiq 6,7,-sinf o’quvchilari tanlov asosida maktab internatga o’qishga qabul qilindi.

 

Leave a Reply